TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2023

"Oʻzekspomarkaz" MKKga tashrif

Joriy yilning 20-may kuni "Energetika" fakultetining tyutori Abdullayev. B boshchiligida 107-guruh talabalari "Oʻzekspomarkaz" MKKga tashrif buyurishdi. 18-may kuni boshlangan "Oʻzbekiston Energetika forumi"da 400 dan ortiq kompaniya va brendlar, 50 dan ortiq spikerlar va 500 dan ortiq delegatlar o’z ishtirokini tasdiqlashdi.

Tadbirda uchta qit'adan - Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika - 29 mamlakat namoyandalari ishtirok etishmoqda. Ko'rgazmada Germaniya, Hindiston, Rossiya va Turkiya kompaniyalari milliy guruhlari, Italiya, Kanada, Xitoy va Koreya Respublikasi kompaniyalari jamoaviy stendlarini ham ko'rish mumkin. Bunda suv nasoslari, yashil energetika texnologiyalari, elekrojihozlar, transformatorlar hamda elektr energiyasining muqobil variantlarini ishlab chiqaradigan jihozlar koʻrgazmasi keng koʻlamda boʻlib oʻtmoqda.

Talabalar mutaxassliklari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi, fikr almashishdi. Hatto, alohida taʼkidlab oʻtish joizki, talabalar korxona loyihalarini yanada chuqurroq oʻrganish maqsadida menejerlardan raqamlarini olishdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad ham talabalarni mutaxassisligi bilan  chuqurroq amaliy tanishtirish edi.

"Energetika" fakulteti 1- bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati