TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2023

Lipeskiy davlat texnika universiteti professori universitetimizga tashrifi

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiga Lipetsk davlat texnika universiteti nomidan «Mashinasozlik va transport» instituti «Transport vositalari va texnosfera xavfsizligi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professori Li Roman Innakentevich tashrif buyurdi.

Universitetimiz rektori texnika fanlari doktori, professor B.S.Mirzaev, «Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Ekologiya va huquq” fakultetlari dekanlari Q.O.Shovazov, B.X.Norov hamda xalqaro aloqalar boʼlimi masʼul xodimlari ishtirokida oʼtgan uchrashuvda ikki universitetlararo o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida Lipetsk davlat texnika universiteti bilan doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy stajirovkalarini, o‘zaro talabalar almashinuvi hamda hamkorlikda ikki tomonlama taʼlim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlash kabi masalalar kelishib olindi.

Uchrashuvdan soʼng martabali mehmon universitetimizning oʼquv-ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurdi. Qishloq va suv xoʼjaligini mexanizatsiyalash, mehnat muhofazasi va texnologik jarayonlar xavfsizligi, mashinasozlik, shu jumladan polimer va nanokompozit ashyolarini tadqiq qilish va ulardan sohada foydalanish masalalari atroflicha universitetning yetakchi olimlari va professor-oʼqituvchilari bilan muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasiga koʼra “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti va Lipetsk davlat texnika universiteti oʼrtasida oʼzaro hamkorlik memorandumi loyihasi tayyorlandi.