TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2023

Talabalar “Toshkent IES” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Toshkent IES” filialidagi mavjud moddiy-texnik bazasidagi birinchi qozon turbinasi sexi bilan tanishish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 5430500 – “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya taʼminoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga 5+1 dasturi bo‘yicha “Elektr uskunalarni ta’mirlash texnologiyasi” fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish maqsadida 2023 yilning 10 may kuni o‘quv amaliyoti sayyor dars sifatida o‘tkazildi.

Sayyor darsi davomida korxona mutaxassisi talabalarga “Toshkent IES” korxonasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berish bilan bir qatorda 3-4 energobloklarni texnologik jarayonlarini avtomatib boshqarish tizimlari bilan tanishtirib o‘tdi. Talabalar “Toshkent IES” korxonasida amalga oshirilgan raqamli texnologiyalar bilan ham  yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.