TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2023

“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz”

2023 yil 11 may kuni Universitetning “Talabalar turar joyi” ishchi xodimlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov, TTJ direktori B.X.Shavkarov hamda Universitet huquq targʼibot maskani profilaktika katta inspektori A.R.Ubaydullaevlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Universitetimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Gapparov Аkbar Umirovich soʼzga chiqib, xodimlar uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish, Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.  Korrupsiya – bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

Korrupsiya bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini koʼzlab sodir etiladigan jinoyatlar yigʼindisidir. Yaʼni korrupsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan bir necha jinoyatlarni oʼzida mujassamlashtiruvchi illatdir. Ushbu olib borilgan suhbat jarayonida ishchi xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi.