TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2023

Xalqaro loyihaga bag‘ishlangan tadbir

Universitetimizda 2023 yilning 27-29 aprel kunlari “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun barqaror suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari” (SusWEF) mavzusidagi “Germaniya-O‘zbekiston” xalqaro loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

BMBF (Germaniya) va  O‘z.R Innovatsion rivojlanish Agentligi loyiha buyurtmachisi bo‘lib, loyiha rahbari esa prof. M.X.Xamidovdir. Germaniyaning Leybnis qishloq xo‘jaligi landshaftlari tadqiqot markazi (ZALF), “TIQXMMI” MTU, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instuti (IWMI), Smart InnoTech MChJ loyihaning hamkorlaridir.

Mashinali sug‘oriladigan yerlarda suv va energiya tejovchi sug‘orish texnologiyalarini tadqiq qilish, ularni sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga va ekinlar hosildorligiga ta’sirini baxolash hamda suv va energiya resurslarini iqtisod qilishi, axolini oziq-ovqat maxsulotlari, sanoatni xom-ashyo bilan ta’minlashdagi samaradorligini o‘rganish loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

27 aprel kuni loyihaning ishchi paketlari (working packages), tadqiqotlar dasturi va xar bir hamkor tashkilot tomonidan qilinadigan ishlar muhokama qilindi.  28 aprel kuni tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi "Eco Agro Product" fermer xo‘jaligining olma bog‘i va "Nodir Rufat" fermer xo‘jaligining paxta dalasi bilan tanishish hamda loyihaning pilot uchastkalarida bajariladigan ilmiy izlanishlar  dasturi muhokama qilindi.

            Universitet matbuot xizmati