TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

Konstitutsiya – davlat tayanchi

Yurtimizda so‘nggi yillarda inson qadrini ulug’lash, turmush farovonligini yanada mustahkamlash borasida ulkan islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayni kunlarda esa mamlakatimizning har bir viloyat, shahar, tumanlarida 30-aprelda bo‘lishi kutilayotgan Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi referendumiga qizg’in tayyorgarlik ishlari va targ’ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 14-aprel kuni “Energetika” fakulteti, “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalari ekspluatatsiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan “Konstitutsiya – davlat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri Guzal Uzakova hamda kafedra professori Shuhrat Fayziyevlar ishtirok etishdi. Mehmonlar tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda konstitutsion islohotlar, ularning fuqarolar hamda jamiyat va davlat munosabatlarini demokratlashtirishdagi tutgan o’rni haqida keng tushuncha va axborotlar berib o‘tdi. Davlatning ijtimoiy sohani himoya qilish, shaxs huquq va erkinliklari kafolatlari borasida belgilangan majburiyatlari hozirgi zamon nuqtai-nazaridan ayni muddao ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, fuqarolarning atrof-muhit va ekologiyaga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlari, yerning umummilliy boylik sifatida e’tirof etilishi barobarini undan oqilona foydalanishni nazarda tutgan holda xususiy mulk bo’lish imkoniyatlari haqidagi o’zgartirishlar bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.  Tadbir so‘nggida speakerlarga maroqli va mazmunli ma’ruzalari uchun universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.

ET va EUE kafedrasi axboroti