TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

“Ta’limda korrupsiyaga o‘rin yo‘q”

Universitetimiznig Gidrotexnika qurilishi fakulteti talabalari bilan “Ta’limda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani B.B.Hasanov, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini boshqarish Komplaens nazorat bo‘limi” boshli’i A.U.Gapparov, “Ofis registrator bo‘limi” boshlig’i F.X.Shafkarov, dekan o‘rinbosarlari, tyutor va talabalar ishtirok etishdi. B.B.Hasanov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturini izchil ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish bilan bog‘liq “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013 sonli Farmoni, 02.02.2017 yilgi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, 06.07.2021 yildagi PF-6257-sonli, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi va so‘z navbatini A.U.Gapparovga berdi.

A.U.Gapparov talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “211-modda. Pora berish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. F.X.Shafkarov talabalarga hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mehmonlar javob berishdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mexmonlarga fakultet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.