TIQXMMI yangiliklari

img
12.04.2023

QXM fakulteti talabalarining ishlab chiqarish korxonalariga tashrif

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalariga AQSHni USAID tashkiloti yordamida sayyor dars tashkil etildi, talabalar Parkent tumanida joylashgan "Agromir Zarkent" MCHJ va "Zarkent universal" fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, birlamchi vino ishlab chiqarish inshootlari va texnologik liniyalari bilan tanishishdi.

Talabalar shuningdek ishlab chiqarish korxonalari tasarrufidagi sovutgich omborlarida ham bo‘lishdi, uzum, olma, o‘rik va gilosni eksportga tayyorlash texnologiyasi bilan tanishishdi. Talabalarga mutaxassislar tomonidan meva sabzavotlarni zamonaviy qayta ishlash usullari va eksportga tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishlab chiqarish korxonalarida talabalar amaliyotlarini tashkil qilish masalasi ham muhokama qilindi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

QXM fakulteti axboroti