TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2023

Ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning  “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3151-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida, Xitoyning O‘zbekistondagi “Tianye plastik” MCHJ korхonasi bilan joriy yilning 8 aprel kuni o‘zaro har tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuvda korxona rahbari Mister Li Guo Dong va yordamchi xodim Mis Hua Jinglar bilan kafedraning “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan  kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj qay darajada ekanligi, ularga o‘qitilayotgan fanlar, amaliyot va stajirovkalar tashkil etish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzolab, kelgusidagi “Ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” bilan bog‘liq masalalarni birgalikda amalga oshirishni kelishib oldilar.

Universitet matbuot xizmati