TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Ma'rifatchilar ma'rifat maydonida

2023-yil  7-aprel kuni Universitetimiz faol ijodkor talabalaridan tashkil topgan "Irrigator" jamoasi Toshkent davlat transport universitetida bo'lib o'tgan "Ma'rifat mayfoni" Respublika ko'rik tanlovining navbatdagi mintaqaviy bosqichida ishtirok etib universitet sha'nini himoya qilishdi.

Tanlovda shartlar bo'yicha Adiblar xiyobonida biriktirilgan atoqli shoirlarimizdan birining hayoti va ijodini o'rganish va namoyish etish belgilangan bo'lib bizning jamoa universitetimizga biriktirilgan  O'zbekiston Qahramoni o'zbek xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodini o'z sahna ko'rinishlarida namoyish etishdi. Tadbir so'ngida maxsus faxriy yorliq bilan bilan taqdirlanishdi.