TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Ustozlarni xotirlab

O’tgan ajdodlarni xotirlash biz avlodlar uchun farzdir. Shu asnoda joriy yilning 7-aprel kuni “TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari Z.Tursunova va G.Axmedjanovalar tashabbusi bilan 2-kurs talabalari bilan birgalikda Tamaraxonim tavalludining 117-yilligi munosabati bilan “Tamaraxonim uy-muzeyi” ga tashrif buyurishdi. Muzey ma’muriyatini bizga bergan ma’lumotlariga qaraganda Tamaraxonim   nafaqat raqs ustasi, 30 yoshida o’zbek filarmoniyasining solisti hamdir. Bundan tashqari Tamaraxonim 1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushining jabhalarida harakat qildi va harbiy texnika qurish uchun mablag’ ajratdi. 1943 yilda mamlakatga xizmat ko’rsatish uchun sovet armiyasining kapitani unvoniga sazovor bo’ldi.

Uning ko’p yillik faoliyati davom ettirildi va 1980 yillarga qadar davom etdi. Tamara Xonim 1991 yilda Toshkentda vafot etdi. O’limidan uch yil o’tgach, uy muzeyi ochildi.  Talabalar muzeydagi eksponatlarni va tarixiy liboslarni diqqat bilan kuzatar ekan Tamaraxonim o’z zamonasining mashhur va taniqli ayollaridan biri bo’lganliklari xususida bir-birlari bilan fikr almashdilar va ularning oilaviy hayotlari, turmush o’rtoqlari va farzandlari haqida ham ko’pchilik bilmagan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Z.Tursunova axboroti

 Universitet matbuot xizmati