TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

"Startaplar - innovatsion iqtisodiyot asoslari sifatida “Imkoniyat, Ishtirok, Natija”

Dunyoning iqtisodiy jihatdan ilgor mamlakatlari qatori Respublikamizda iqtisodiyot, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi tayanch sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. So‘nggi yillar davomida yurtimizda innovatsion ekotizimni rivojlantirishda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Startaplar innovatsiyalarga asoslangan holda mavjud mahsulotlarning kamchiliklarini bartaraf etadi yoki tovarlar va xizmatlarning mutlaqo yangi toifalarini yaratadi. Startaplar shu tariqa butun sanoat uchun fikrlash va biznes yuritishning anʼanaviy usullarini o‘zgatirib yuboradi.

Shu ma’noda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talaba va magistrlari uchun e’lon qilingan “Startap loyihalari tanlovi” doirasida STARTAP mavzusiga oid turkum seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda. Kuni kecha “Startap nima” mavzusida seminar-trening tashkil etilgan edi. Ushbu mavzuning davomi sifatida joriy yil 8-aprel kuni universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, iqtidorli talaba va magistrlari  uchun, BMTTD “Startap tashabbuslari”  dasturi koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik kengash a’zosi Usmon Raximjanov bilan hamkorligida  “Startaplar - innovatsion iqtisodiyot asoslari sifatida Imkoniyat, Ishtirok, Natija” mavzusida  online seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda universitetimizning iqtidorli talabalari, magistrlar, doktarantlar va yosh o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Seminar-treningda, startap loyihalarda mahsulotni bozorga kiritish va katta mablag‘ sarflashdan oldin mijozni o‘rganish, mijozlarning muammolarini izlab topish, tejamkor yondashuv, biznesni keraksiz xarajatlardan ozod etish va iste’molchilar istagan mahsulotni yaratishga yordam beradigan uslublar borasida qimmatli ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar hozirgi kundagi omadli startap loyihalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminar-trening qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘ylaymizki ushbu seminar-trening barcha ishtirokchilar uchun juda foydali va mazmunli bo‘ldi. Yana shu kabi seminar-treninglarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib u haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boramiz. Seminar-treningda so‘ralgan ma’lumotlarni quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin. https://disk.yandex.uz/i/p8SqQZdxZaCVww

Hurmatli iqtidorli talabalar, magistrlar, doktarantlar va yosh o‘qituvchilar universitetimizda Sizlarga foydali bo‘ladigan yana qanday tadbirlar va seminar-treninglar tashkil etilishini istagan bo‘lar edingiz? Bu haqida https://t.me/TIIAME_scientific_department_bot  telegram botiga murojaat qilib o‘z takliflaringizni yo‘llashingiz mumkin.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti