TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

Til bilgan – el biladi

Joriy yilning 3 aprel kuni "TIQXMMI" MTU Xor jamoasi a'zolari bilan universitet  psixologi M.K.Muhammedova, Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayeva va GTQ fakulteti tyutori D.Xursandovalar  tomonidan “Til – dil kaliti” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Ushbu trening yoshlarni til o'rganishga nisbatan muhabbatini yuksaltirish va bilim olishga intilishlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Universitet  psixologi M.K.Muhammedova o'z nutqini quyidagicha boshladi: “Albatta, chet tillarini o'rganish natijasida kommunikativ imkoniyatlaringiz kengayishi, nufuzliroq ishga kirish imkoniyatingiz oshishi, filmlarni va kitoblarni original tilda ko'rish va o'qish mumkinligidan xabaringiz bor. Ammo yangi tillarni o'zlashtirishning siz bilmagan boshqa jihatlari ham bor. Masalan: Birinchidan ona tilingiz bo'yicha bilimingiz oshadi. Xorijiy tilni o'rganibgina, o'z ona tilimizni ko'proq qadrlay boshlaymiz. Unda bolalikdan gapirishni boshlaganimiz uchun, u qanday qurilgani haqida o'ylamaymiz, ko'pincha uning go'zalligini anglamaymiz.ikkinchidan kontsentratsiya yaxshilanadi. Amerikalik olimlar tadqiqot o'tkazib, bir nechta tillarni biladigan kishilarga so'zlarni tushunish bo'yicha topshiriqlar berdi va ularning tomograflarini kuzatdi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, bunday odamlar faqat bitta tilda gapiradiganlarga nisbatan, o'xshash so'zlarni yaxshi aniqlay oladi. Ushbu qobiliyat turli chalg'ituvchi omillarni bloklab, bitta vazifaga diqqatni qaratishga yordam beradi. Uchinchidan matematik qobiliyatlar yaxshilanadi. 2007 yilda Chet tillarni o'qitish bo'yicha Amerika kengashi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot doirasida xorijiy tillarni o'rganayotgan bolalar maktab dasturida matematikaga ko'proq soat ajratilgan, ammo chet tillarni umuman o'qimaydigan o'quvchilarga nisbatan, matematika bo'yicha yaxshiroq natijalarni ko'rsatgani aniqlandi. Hayratlanarli tomoni yo'q — boshqa til asoslarini o'rganish mantiqiy fikrlashni ishga tushiradi. To'rtinchidan xotirangiz kuchayadi, har qanday ma'lumotni tezroq o'zlashtira olasiz.Chet tilini o'rganishda yangi axborotni eslab qolish qobiliyati yaxshilanadi, bu o'qish vaqtini kamaytiradi. Buning ustiga, ko'p til biladiganlar bir vaqtning o'zida ko'p vazifalarni bajarishga moyil bo'ladi. Ya'ni ko'pqirrali shaxsga aylanasiz. Beshinchidan atrofdagilar bilan tez til topishib, kirishimlilik xususiyatingiz oshadi.

Xorijiy tilni o'rganish mohiyati — boshqa odamlar bilan muloqotdan iborat. Suhbatlashish malakalarini takomillashtirish uchun esa, yaxshisi, shu tilda so'zlashuvchi yoki bu tilni allaqachon o'rganib bo'lgan kishilar bilan shug'ullangan ma'qul. Xullas hamma ishtirokchilarimizga chet tillarini o'rganishni tavsiya etamiz”, deya so'z navbatini Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayevaga so'z navbatini berdi. Gubayeva talabalarni chet ellik talabalar bilan tanishtirib, jamoa a'zolarining til o'rganishlariga yaqindan yordam bera olshligi va rus tilini o'rganishni istagan talabalarga o'zi dars berishi mumkinligi haqida ma'lumotlar berib o'tdi. GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova so'zga chiqib chet tilini o'rganinshning oson yo'llari haqida fikr yuritib: ”Chet tilini o'rganishning eng oson yo'li bu xato qilishda ekanligini psixologlar bir necha marotaba isbot qilishgani, shu uchun ham xato qilishdan qo'rqmasdan, chet tilida gapirishga harakat qilish kerakligi va shu orqaligina til o'rganuvchi o'z kamchiliklarini tushunib boradi va maqsadni aynan shu kamchiliklarni to'g'rilashga qaratadi. Muhimi, xatodan uyalmasdan chet tilida gapirish”, dedi o'z nutqida. Tadbir savol javoblar tarzida qiziqarli kechdi. Barcha talabalarda chet tilini o'rganishga hohish va talabchanlik hissi mubolag'alarsiz oshdi deb ayta olamiz. TAdbir davomida barcha talabalar faol qatnashishdi va ko'tarinki kayfiyatda yig'ilish sho' nihoyasga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati