TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

Referendum targ‘iboti yo‘lida

Targ‘ibot bu avvalo, burch va majburiyatdir. Inson huquqlarining kafolati aks etuvchi hamda xalqning istiqboliga daxldor bo‘lgan hujjat - Konstitutsiya masalasi mamlakat taqdiridir. Shunday ekan, uning targ‘iboti, referendumning mazmun mohiyatini tushuntirish zamon taqozosidir.

Mirzo Ulug‘bek tumani "Minglola"  MFYda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  Referendumi" hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Prorektori R. Q. Choriev va Referendum buyicha ishchi guruh a’zolari va mahalla xodimlari bilan birgalikda aholiga targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazishdi.