TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

"TASHGRES" nasos stansiyasiga tashrif

Joriy yilning 4-aprel  kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi 2-bosqich talabalari hamda kafedra katta oʻqituvchisi,  Aziz Nigʻmatov boshchiligida navbatdagi 5+1 dasturi boʻyicha, Yunusobod tumanida joylashgan "TASHGRES" nasos stansiyasiga tashrif buyurishdi.

Talabalar nasos stansiya tomonidan biriktirilgan xodimlar xavfsizlik qoidalari hamda "TASHGERS"ning tuzilishi haqida  qisqacha maʼlumot berib oʻtishdi. Oʻquvchilar bugungi amaliyot jarayonida tushunmagan hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga aniq va toʻliq javob oldilar.

"Energetika" fakulteti 2-bosqich talabasi Toʻlqin Ergashov axboroti

  Universitet matbuot xizmati