TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

"STARTAP NIMA?”

“Startap” termini inglizcha start-up so‘zidan olingan bo‘lib, uning “jarayonni boshlash”, “ishga tushirish” kabi maʼnolari mavjud. Dastavval “startap” atamasi 1939-yil AQSHda yuqori texnologiyalari sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Santa-Klara vodiysi (Kaliforniya)da paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda Stenford universiteti talabalari Devid Pakkard va Uilyam Xyulettlar o‘zlarining kichik loyihasini yaratadi va u ishni startap deb ataydi. Keyinchalik esa mazkur startap asta-sekinlik bilan katta va mashhur Xyulett-Pakkard (HP) korxonasiga aylandi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan seminar-trening ayni shu mavzu bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Joriy yil 1-aprel kuni universitetimizda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik kengash” raisi Barnoxon Artikxodjaeva hamkorliokda Startap nima? mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda universitetimizning iqtidorli talabalari, magistr, doktarantlar va  yosh o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Seminarda startap loyihalarni ishlab chiqish, g‘oyadan tayyor mahsulotgacha  bo‘lgan jarayonlar, ushbu sohada yurtimiz va dunyo miqiyosida tashkil etiladigan tanlovlar, ularda ishtirok etish shartlari shuningdek, moliyalashtirish manbalari va soha bo‘yicha mavjud ko‘plab imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi. Seminar-trening davomida ishtirokchilar hozirgi kundagi omadli startap loyihalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.  Seminar-trening qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘ylaymizki ushbu seminar-trening barcha ishtirokchilar uchun juda foydali bo‘ldi. Yana shu kabi seminar-treninglarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib u haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boramiz. Seminar-treningda so‘ralgan ma’lumotlarni quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin. https://disk.yandex.uz/d/3dbrK5mC-m3ZoQ

Hurmatli universitetimizning iqtidorli talabalari, magistr, doktarantlari va  yosh o‘qituvchilari sizlarga foydali bo‘ladigan yana qanday tadbirlar va seminar-treninglar tashkil etilishini istagan bo‘lar edingiz? Bu haqida https://t.me/TIIAME_scientific_department_bot telegram botiga murojaat qilib o‘z takliflaringizni yo‘llashingiz mumkin. Ma’lumot o‘rnida: Barnoxon Artikxodjayeva Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasining 2-bosqich tayanch doktoranti, ko‘plab startap tanlovlari g‘olibi va tashkilotchisi hisoblanadi.

Hususan:

  • biznes inkubator bo‘yicha Rossiyaning Skolkovo shahrida bo‘lib o‘tgan “UNITED STATES DEPARTMENT OF STATE GIST (GLOBAL INNOVATION THROUGH SCIENCE AND TECHNOLOGY INITIATIVE)” tanlovining "SoftLanding” dasturiga oid tadbirda, Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Startap forum-2020”, “Women techmakers IWD Tashkent” forumi, “Zira Media” platformasi tomonidan uyushtirilgan Tojikiston va O‘zbekistonning 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkor ayollarining top 5 talik ishtirokchisi;
  • 2020-yil Yevraziya fondining USAID tomonidan e’lon qilingan “CAYLA” yoshlar yetakchilik akademiyasining finalisti hamda ular tomonidan o‘tkazilgan “Parlament munozarasi” g‘olibasi.
  • 2019-yil Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan uyushtirilgan “Startup” tanlovining g‘olibi va “СAT Science accelerator” akseleratsiya dasturining eng iqtidorli ishtirokchisi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o‘tkazilib kelinadigan “Innoweek” g‘oyalar haftaligining eng faol qatnashchisi va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” a’zosi;
  • 2020-yil “Kitob almashinuvi” ijtimoiy loyihasining asoschisi;
  • 2021-yilda "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti