TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

Мaktab o‘quvchilariga ekologik tarbiya

"Gidromelioratsiya" fakulteti 3- bosqich talabasi, “Hydrokeaders” jamoasi a`zosi Shamsiddinov Xushnudbek “World Aral Region Charity” (WARC) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanidagi 47-Umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quvchilari  va Yonboshqal`aning mahalliy aholisining ichimlik suvi uchun filtr qurilmasi va Maktab bog`i uchun suv tejovchi texnologiyalarni ya`ni tomchilatib sug`orish tizimini joriy etishda faol ishtirok etdi.

Loyihada ishtirok etgan Hindiston va boshqa davlat vakillari maktab bolalariga ekologik ogohlik, suvni tejash yo`llari, ichimlik suvlari haqida chuqurlarshtirilgan va qiziqarli darslarni o`tib kelishdi. Darslar davomida o`quvchilarga eko ogohlik bo`yicha posterlar yaratish, suv tejovchi texnologiyalar va ularni joriy etish, ichimlik suvi filtrlari va qo`lbola filtr yasash kabi qiziqarli amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi. Maktab o`quvchilari ham talabalarga qiziqarli sahna ko`rinishlari, turli tadbir tashkil etib berishdi.

       Universitet matbuot xizmati