TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

Tanlov g‘oliblarini qutlaymiz!

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 bosqich talabalari  Abduxamidova Ruxshona, Sagdullaeva Sarvina, Ortiqboeva Sevinchlarni iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori (30-son, 18.01.2022 y.) bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan, tuman bosqichida faxrli 1- o‘rinni olganliklari  bilan  tabriklaymiz.

 “Mirzo Ulug‘bek” vorislari tanlovining asosiy maqsadi  bilim olishga intilayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joriy  qilsa bo‘ladigan, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Yoshlar o‘rtasida o‘ziga xos an’anaga aylanib ulgurgan keng qamrovli musobaqalar, etishib chiqayotgan yangi kadrlar uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning kelgusi faoliyatiga ham salmoqli hissa qo‘shadi. Ushbu faxrli 1- o‘rinni olgan talabalarimizning kelgusi o‘qish va ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

                      “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

                                                                                    Universitet matbuot xizmati