TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2023

Ma'naviyat festivali Quvada!

Farg'ona viloyati qadimdan san'at va madaniyat o'chog'i hisoblanadi. Shu bois viloyatimizdagi Quva tumanida joylashgan pedagogika kollejida, "Xalq konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” davom  etmoqda.

Mazkur tadbirda "Ma'rifat" targ'ibotchilaridan "Tashkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy-tadqiqot Unversiteti professori, pedagogika fanlari doktori Ismoilova Zuhra Karabaevna, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat Instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Abdujabborova Musallam lapasovna, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Turg'un Beknazarov va Quva tuman O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zuhra Aliyeva va bir qator havaskor honandalar ishtirok etdi.

Kuy va qo'shiqlarga ulanib, ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi.