TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2023

Referendemga oid targ‘ibot ishlari qizg‘in bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining 2023-yil 14-mart kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan universitetimizda joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum o‘tkazilishi munosabati bilan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ushbu muhim siyosiy tadbirning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tabdirda Referendum tushunchasi, uni o‘tkazish va unda qatnashish tartibi yuzasidan savol-javob tarzida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan to‘liq va batafsil javoblar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Referendum har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishi atroflicha tushuntirilib, unda faol ishtirok etishga chaqirildi. Yurtimiz tarixida o‘tkazilib kelinayotgan bunday referendumlar O‘zbekistonimizda demokratiya mustahkamlanib borayotganligining yaqqol ifodasidir.

Universitet matbuot xizmati