TIQXMMI yangiliklari

img
23.03.2023

O'quvchilarni kutib oldik

2023 yil 16-mart kuni Piskent tumanidagi 35-sonli maktab o’quvchilari “Yer resurslari va kadastr” fakultetiga tashrif buyurishdi. Bizga ma’lumki, 2022-2023-o’quv yilida universitet bilan birgalikda Yo’l xaritasi ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqilgan yo’l xaritasiga asosan maktab bilan hamkorlik qilish yo’lga qo’yilgan. Kafedramiz ushbu maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o’quvchi-yoshlarning o’z iste’dodini to’liq namoyon etishlariga har tomonlama ko’maklashmoqda.

Tashrif buyurgan o‘quvchilarga fakultetimizning professor-o’qituvchilari  dots. A.Babajanov, dots.O.Haqberdiev va Yu.Usmanovlar universitet va fakultet tarixi to’g’risida ma’lumot berib o’tdilar. Tashrif buyurgan o’quvchilar universitetning San’at saroyi, ARM, o’quv binolari bilan tanishdilar.

"Yer resurslarini boshqarish" kafedrasi katta o’qituvchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati