TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2023

Buyuk ajdodlar izidan

“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida. Yoshlarni o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun bugun mamlakatimiz bo‘ylab "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining hududlararo saralash bosqichlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tanlovning Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on  tumani bosqisida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi “Evrika” iqtidorli talabalar to’garagi a’zolarri magistrant Turdiev Akbarali hamda QXITTQ bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabasi O‘ralov Mamarajab Sanjar o‘g‘li g’oliblik supasini egallab tanlovning keyingi viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. Yutuq muborak bolsin!

Universitet matbuot xizmati