TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2023

Germaniya, LEMKEN kompaniyasi bilan xamkorlik natijalari

Germaniya, Myulenveg. Alpы da joylashgan LEMKEN kompaniyasi qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqish bo‘yicha jahonda yetakchi kompaniyalardan xisoblanib, O’zbekiston bilan xamkorlik memorandumi imzolangan. O’zbekistonda LEMKEN kompaniyasining zavodi ochilgan va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqilishi yo‘lgan qo‘yilgan. LYeMKYeN GmbX & Ko. kompaniyasining taklifiga muvofiq Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani Q.Shavazov xamda “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari kafedrasi mudiri K.Astanakulovlar 2023 yilning 4-martidan 13-martiga stajirovga borib keldilar.

Stajirovka davomida LYeMKYeN zavodi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqildi, kompaniya qoshida tashkil etilgan xalqaro o‘quv markazida treninglarda yerga ishlov beruvchi zamonaviy texnikalarning tuzilishi, ishlashi, rostlanishi va bu jarayonlarda qo‘llanilayotgan mexanik, gidravlik, avtomatlashtirilgan tizimlar bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lindi.

Kompaniya konstruktorlik markazi direktoriga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovg‘asi topshirildi.

LYeMKYeN GmbX & Ko. Kompaniyasi bilan o‘rnatilgan xamkorlik shartnomasiga muvofiq elektron shakldagi adabiyotlar olib kelindi shuningdek, kompaniya bilan aloqalarni mustaxkamlash va universitetga zarur bo‘lgan o‘quv materiallari va laboratoriya jihozlari olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi.