TIQXMMI yangiliklari

img
13.03.2023

Kitob taqdimotidagi taassurotlar

Ba'zi insonlar o'lmaydi ular mangu yashaydilar. "Insonning necha yil umr korishi muhim emas, qanday hayot kechirishi muhim" deb bejizga aytmaydilar. Shunday ekan ba'zi insonlar qalbimizda mangu barhayotdir. Biz ularni qilgan yaxshi amallariy-u, olijanob xislatlari bilan yod etamiz. Kuni kecha 11.00.da Milliy matbuot markazida pandemiyadan vafot etgan iqtidorli jurnalist va shoir Javohir Qudratovning "Men mangu qolaman tushlarda " degan kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ana shu taqdimotda Milliy tadqiqot universitetimizning "Notiqlik san'ati va mahorati" o‘quv kursining tinglovchilari ham ishtirok etishdi. Unda taniqli san'atkorlar, yozuvchi va jurnalistlar qatnashib Javohirning xotirasi haqida qiziqarli ma'lumotlarni, esdaliklarini aytib o'tishdi. Uning yodnoma kitobiga gazetalarda chiqqan maqolalari va she'rlari kiritilgan. Iste'dodli jurnalist doimo yuksak marralarni ko'zlab yashagan, o'z ustida tinimsiz izlanish, keng qamrovli dunyoqarash, jonsaraklik-tiyraklik kabi oliyjanob fazilatlari bilan o'rnak bo'la oladigan yetuk mutaxasis ekanini qayd etishdi. Bugungi tadbirimiz "Men mangu qolaman tushlarda" deb nomlangani ham bejiz emas. Ushbu tadbirni Notiqlik akademiyasi asoschisi, professor Rahimboy Jumaniyozov boshqarib bordilar. Shahrisabzda tug'ilgan ijodkor hayoti davomida erishgan yutuqlari-yu o'z boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida eslashdi.

Taqdimot davomida qatnashchilardan biri Karim Bahriyev Jurnalistlar jamoat kengashi maslahatchisi sifatida o'z nutqi davomida marhumning mardligi, to'g'riso'zligi haqidagi unutilmas voqealarni baham kordi. Hatto, sodiqligi va insoniy fazilatlarga ega ekanligi uchun, o'z ishidan voz kechgani va halol yo'l bilan ishlashi hammaga o'rnak bo'ladi. Taqdimot davomida matbuot xizmati xodimlari Bobomurod Odil, Said Abdulaziz Yusupov va O'zbekiston Jurnalistika va telekommunikatsoyalari universiteti professori Nazira Toshpo'latova ham shirin xotiralar bilan yod etdilar. Oila a'zolaridan marhumning otasi stomatolog Ne'matulla aka  o'z farzandiga nisbatan faxr tuyg'usi borligini bildirib, kelajak avlodga shunday fidoyi mutaxassislar soni kopayishini bildirib qoldi. Javohirning o'z fikrini erkin bayon qilishi davomida har qanday vaziyatda chinakam notiq ekanligi borasida so‘z yuritildi. Dilida alami borning qo'lida qalami bo‘lishi haqida so‘z ketdi. Hayot kapalak umridek qisqa. Bunda har kim oʻz umrini yashab oʻtadi. Ushbu fikr AOKA boʻlimi boshligʻi bo‘lib ishlagan Javohir Qudratovga  ham tegishli. "Men mangu qolaman tushlarda" nomli Javohir Qudratov xotirasiga bagʻishlangan kitob taqdimotida ustozmiz Rahimboy Jumaniyozov, Jamila Shermuhammedova, Akbar Nurmatov, Javohir Qudratovdan qolgan yorqin xotiralardan so‘z ochdi.  Iqtidorli jurnalist Karim Bahriyev marhumni xotirlar ekan, Yunus Emroning “Titrama, qoʻrqma - oʻlmaysan” degan hikmatlarini keltirib, bu insonni toʻgʻrisoʻz, adolatparvar, mard kishi boʻlganiga alohida urgʻu berib oʻtdi. Saidabdulaziz Yusupov Javohir Qudratovni "Sirlar va dardlar sandigʻi"ga oʻxshatishini aytib oʻtdi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi Fozil Farhod marhumni xotirlab, unga bagʻishlab yozgan sheʼrini oʻqib berdi. Sheʼrdan parcha:

Javohir qoʻqqisdan sochildi koʻkka,

Shum xabar qalblarga gʻalayon soldi.

Koʻp qavatli uylar tushdiyov choʻkka.

 Javohir lahzalar dillarda qoldi...

Taqdimotda marhumni ustozi Nazira Toshpoʻlatova marhum haqidagi iliq fikrlarni bildiridi. Tadbir so'ngida marhumning ayoli Iroda Xayritdinova oilasiga naqadar sodiqligi qanchalik oilasini sevishini yig'lab gapirib berdi.

Shunday ekan, azizlar insonning qadri yo'qligida bilinishi rost albatta, shuning uchun ham yaqinlarimizmi hayotligida eslab ularni yaxshi ko'rishimizni hayotligida aytaylik. Toki, shunday insonlar doim bizning qalbimizda mangudirlar. Bugungi tadbirni tashkillashtirgan barcha xodimlarga va bizni taklif etgan ustoz Rahimboy Jumaniyozovga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

"Iqtisodiyot"fakulteti 1-bosqich talabasi Z.Pardayeva va "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 108-guruh talabasi M.Toʻlayevalar axboroti

Universitet matbuot xizmati