TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2023

Mashaqqatli mehnat va g’oliblik

Joriy yilning 11 mart sanasida Qashqadaryo viloyati Yoshlar Texnoparki va Oliy ta'lim, fan va innovatsialar vazirligi hududiy boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani saralash bosqichi o'tkazildi. Unda mas'ullar Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani yoshlarining loyihalari bilan tanishib chiqishdi.

"Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining hududlararo saralash bosqichida “Gidravlika va gidroinformatik”a kafedrasi “Evrika” iqtidorli talabalar to’garagi a’zosi, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 2 -bosqich talabasi Suyunov Ma’sudbek Iskandar o’g’li  o’zining “Suv omborlarida mavjud parlanishning oldini olish” mavzusidagi loyihasi bilan g’olib bo’lib, tanlovning keyingi viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Universitet matbuot xizmati