TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2023

Xotin-qizlarni sharaflash sharaf

“TIQXMMI” MTU rektorining 2023 yil 24 fevraldagi 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib nishonlash yuzasidan tashkil etilgan chora tadbirlar rejasiga muvofiq 4 mart kuni Gidromelioratsiya fakulteti dekanati tomonidan fakultetdagi talaba qizlar 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklangan bo‘lsa, 6 mart kuni fakultet dekanatidagi xotin-qizlar, 7 mart kuni ertalab soat 8:00 dan G-bino kirish qismida fakultet dekani boshchiligidagi erkaklar jamoasi, fakultet yoshlar etakchisi va faol talabalardan iborat jamoa bilan birgalikda fakultetdagi barcha ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar gullar va esdalik sovg‘alar bilan kutib olindi va bayram bilan qizg‘in tabriklandi hamda ularga “TIQXMMI” MTU rektori tomonidan berilgan bayram tabrigi otkiritkalari taqdim etildi. 

Bir so‘z bilan aytganda fakultet jamoasi 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kunini munosib nishonlashga jiddiy e’tibor qaratib, fakultetdagi barcha xotin-qizlarga bayram shukuhini ulashuvchi kayfiyat taqdim eta olishganini fakultetdagi xotin-qizlar aks etgan fototasvirlardan ham sezish mumkin.

Universitet matbuot xizmati