TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2023

Boqiylikka nishon bo‘ldi u

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi San'at saroyidagi kichik zallaridan biriga  taniqli olim, jurnalist, bloger, madaniyat xodimlari bir so‘z bilan aytganda ziyoli qatlam to’plandi. Bu yig‘ilishning sababi, biz uzoq kutgan film - “Abdulla Oripov“ deb nomlangan badiiy film tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Barcha hayratda barcha lol, chunki bu kino kutilganidan ham a’lo chiqdi. Ayniqsa, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Ozod Sharafiddinovlarning ko’rinish berishi filmni qadrini ko’klarga ko’tardi. Ushbu film o’z ichiga Abdulla Oripovning hayoti va ijodini hamda uni chuqur kechinmalarini o’z ichiga olganligi bilan kishi e’tiborini tortmasdan qolmaydi. Unda Abdulla Oripovning AQSH da bo’lgan damlari ham aks etgan. Shoir okeandan ko’z uzmas , xayoli parishon qilib ko’rsatilgan. Mana shu farmoyish xotirlarga sabab - Vatan sog’inchi ! Abdulla Oripovdek odam bu sog’inchga chidaganini ko’rib beixtiyor ko’zimga yosh keldi. Kino tugagandan so’ng tilshunoslar, adabiyotshunoslar jiddiy tarzda muhokamaga kirishib ketdilar. Kinodagi har bir epizodni, har bir gapni tahlil qildilar. Hech kimga so’z bermay nutqlarini idrok etishdi. Axiyri tortishuv jiddiy tus oldi. Haqiqat bahsda tug‘iladi. To‘g‘ri bu filmning bosh postanovkasi rejissori Muzaffarxon Erkinovga uni montaj qilib ovozlashtirish jarayonida asqatishi tabiiy.

           Universitet matbuot xizmati