TIQXMMI yangiliklari

img
03.03.2023

"ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar, magistrantlar, doktorant va yosh izlanuvchilar, yosh o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu musobaqalar bosqichma bosqich turnir tarzida o‘kazib kelinmoqda.  Shu ma’noda joriy yil 1-mart kuni yuqori bosqich (2,3,4) talabalari o‘rtasida tashkil etilgan o‘yinlarning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu final o‘yinlarida ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqich talabalaridan tashkil topgan jamolardan final bosqichiga 16 ta jamoa yetib keldi va ulardan 11 tasi final bosqichida ishtirok etdi. Final o‘yini juda qizg‘in va murosasiz, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘yin oxirida eng yuqori ball to‘plagan 4ta jamoa kuchlari teng keldi hamda 1-2-3-o‘rinlarni aniqlash maqsadida ularga qo‘shimcha savollar berildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘shimcha savollar berganda ham natijalari teng kelgan, Iqtisodiyot fakultetining AUDITORLAR va Gidromelioratsiya fakultetining GOLD STAR jamoalari hakamlar hay’ati tomonidan faxrli 3-o‘rin sohiblari deb e’lon qilindi. 

Shuningdek Yer resurslari va kadastr fakulteti ARISTOKRATLAR jamoasi 2-o‘rin, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti SENSATSIYA jamoasi 1-o‘rinni egallashdi. Batafsil quyidagi jadvalda.

Jamoa nomi

O‘rin

Asosiy o‘yindagi ochko

Qo‘shimcha o‘yindagi ochko

SENSATSIYA (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti)

1

10

3

ARISTOKRATLAR (Yer resurslari va kadastr fakulteti)

2

10

2

GOLD STAR (Gidromelioratsiya fakulteti)

3

9

3

AUDITORLAR (Iqtisodiyot fakulteti)

3

9

3

 

Ushbu g‘olib bo‘lgan jamaolarning har bir a’zosi universitet rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda 2-3-4-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarni tashkil etishda yaqindan yordam bergani uchun Gidrtexnika qurishlishi, Iqtisodiyot va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlari jamosiga minnatdorlik bildiramiz hamda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni chin yurakdan tabriklab ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. “ZAKOVAT” turnirlari bo‘yicha barcha ma’lumotlar universitet rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi. O‘tgan o‘yinlarning natijalari bilan universitetning rasmiy veb-saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti