TIQXMMI yangiliklari

img
03.03.2023

Yozma nutq qanday shakllanadi?

Joriy yilning 2-mart Payshanba kuni "Notiqlik mahorati" oʻquv kursining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Talabalar darsga toʻla moslashib, dars atmosferasini his qilishdan oldin Notiqlik sanʼati mutaxasisi Sardor Sattorovning nutqi tinglashdi. Tinglovchilar muhokama qilishdi. Bu gal S. Sattorov "Taqdir inson uchun yozib qoʻyilganmi, yoki inson taqdirini oʻz qoʻli bilan yaratadimi?" degan savolga javob berdi. Soʻng esa ustoz Rahimboy Jumaniyozov ham fikr bildirib o’tdilar. So’ng darsimizning asosiy mavzusiga o’tildi: "Yozma nutq qanday shakllanadi?" Taʼkidlash joizki: Nutqiy munosabat ikki shaklda - og'zaki va yozma tarzda namoyon bo'ladi. Ular murakkab birlikda bo'lib, ijtimoiy va nutq amaliyotida o'zlarining ahamiyati bo'yicha muhim o'rinni egallaydi. Ishlab chiqarish sohasida ham, boshqaruv, ta’lim, huquq, san’at hamda ommaviy axborot vositalarida uning har ikkala shakli mavjud. O’zaro so’zlashuv va yozishmalarda ham ularning doimiy o'zaro ta'siri kuzatiladi.

Har qanday yozma matn ovozli bo'lishi mumkin, ya'ni ovoz chiqarib o'qilishi va og'zaki matnni texnik vositalar yordamida yozib olish mumkin. lekin u keyin qog’oz yuziga tushirib to’la tahrir qilinishi shart.  Ustoz aytganlaridek "Yozish - bu odamlar tomonidan yaratilgan yordamchi belgilar tizimi bo'lib, u tovush tilini (va shunga mos ravishda ovozli nutqni) tuzatish uchun ishlatiladi. Boshqa tomondan, yozish mustaqil aloqa tizimi bo'lib, u og'zaki nutqni mustahkamlash funksiyasini bajarib, bir qator mustaqil funksiyalarni oladi. Yozma nutq inson tomonidan to'plangan bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi".  Bu fikrlarga tayanib auditoriyadagi talabalar ustoz Rahimboy Jumaniyozov bilan birgalikda yozilgan maqolaning tahlilini qilishdi. Dars juda qiziq va xush kayfiyatda oʻtdi. Fursatdan foydalanib butun talabalar nomidan jonkuyar ustozga va Sardor Sattorovga minnatdorchilik bildiramiz!

“ENERGETIKA” fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati