TIQXMMI yangiliklari

img
03.03.2023

Bahorning ilk kunida

Bugun "TIQXMMI" MTU ga haqiqiy bahor keldi. Talabalar turar joyida yashayotgan talabalar va u yerda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar tashabbusi bilan universitetimiz madaniyat saroyida "Fasllar kelinchagi bahor muborak", "Olam go'zalligi ayolda mujassam" deb nomlangan konsert dasturi tashkil etildi.  Ma’rifiy tadbir Zulfiya tavalludining 108 yilligi va 8 - mart Xalqaro xotin - qizlar  kuni bayrami munosabati bilan tayyorlandi.

Dasturni prorektor Ruzimurat Choriyev tabrik so’zlari bilan ochib berdi. Ona yurtimizga Bahor fasli kirib keldi. Bahor faslining ilk kuni 1-mart kuni Universitetimiz Madaniyat saroyidagi tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.  

Tadbirda estrada xonandasi Anvar Sobirov, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artistlar Tolib Xojiyev va G'ulom Ernazarov, Zulfiya nomli Davlat mukofoti sohibasi Dilafro'z Choriyeva, iqtidorli shoir Nasriddin Davoiy  va boshqalar ishtirok etib barchani qutladilar.

Tadbirni tashkil etishdagi faolligi uchun 1-TTJ pedagogi Asrorova Mahfuza Ashurovna, 2- TTJ pedagogi Shukurullayeva Dilfuza Mamadsodiqovna, 3 -TTJ pedagogi To'raqulova Nurxon Bahodirovna, 4 - TTJ pedagogi Muhrinboyeva Ziroat Kabirovna, 5- TTJ pedagogi Islomova Shoira Alijonovnalarga minnatdorchilik bildiramiz!

Dasturda talabalarining betakror chiqishlariyu taklif etilgan mashhur san'atkorlarning tashriflari tomoshabinlar ko'nglida haqiqiy bahor tarovatini uyg'otdi. Anvar Sobirovning sho'x qo'shiqlariga raqsga tushgan ustozu talabalar davraning asl ko'rki bo'ldilar.

QXM fakulteti tyutori O.Abdullayeva axboroti

Universitet matbuot xizmati