TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Abdulla Oripov haykali qoshida

25-fevral kuni institutimiz “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedra o‘qituvchilari  tomonidan “Adiblar xiyoboni”da xalq shoiri Abdulla Oripov haykali atrofida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut 5450700 - “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 4 kurs 407 guruh talabalari hamda guruh murabbiysi M.Abdukadirovalar qatnashishdi. Tadbirni guruh murabbiysi M.Abdukadirova A.Oripov ijodiy yo‘li to‘g‘risida gapirib berdi. Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Davlat madhiyasi matnining muallifi, oʻzbek sheʻriyatida yangi poetik tafakkurning qaror topishi yoʻlida ijod qilgan shoir Abdulla Oripov ijodiy va hayotiy faoliyatini yana bir bor yod etishdi.

           Universitet matbuot xizmati