TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Tafakkur tiniqligi - nutq aniqligidan

Dars jarayonida har bir talabani topag'onlik qobilyatini aniqlash va ularni notiqlik bo'yicha so'z tabriklarini tahlil jarayonini otqazish muhim muammo. Bugungi darsimiz o'zgacha shukuh bilan boshlandi deb aytsam hech mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, ustozimiz Rahimboy Jumaniyozov  "Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun" ko'krak nishoni guvohnomasi va esdalik sovg'asi bilan taqdirlanibdilar. Bu albatta, ustoz va biz shogirdlari uchun shukrona kun bo'ldi.

Notiqlik san'ati akademiyasi rahbari uchun bunday  taqdirlanish qilgan mehnatlarining mevasi bo'lishi hech shubhasiz. Biz talaba yoshlar ustoz yutuqlari bardavom bo'lishini tilab  va bizga ham kunlar kelib shunday martabalarga erishishni niyat qilib, ularni tabrikladik. Shuningdek, darsimiz davomida  "Spikerlik sirlari" kitobidan navbatdagi tafakkur mashqini bajardik. "Yaxshilik" - bu eng oliy himmatdir inson uchun. Navbatdagi mavzu ham aynan shu haqidadir. Mavzuni yoritish maqsadida ustoz bilan turli xil hikoyalar, ruboiylar va she'rlardan namunalar keltirib, yaxshilik haqidagi barcha fikr-u mulohazalarimizni bayon qildik. Qanday qilib inson nomi abadiy qolishi mumkin? degan savolga faqatgina uning yaxshiliklari va qilgan amallari tufayli degan javob berdik.

 Yaxshilik qil, zamon yaxshilik olsin,

Yaxshilik boshiga yaxshilik solsin,

Mol dunyo mandan ham, sendan ham o'tar,

Yaxshisi, dunyoda yaxshilik qolsin.

So'zimiz isbotini ushbu misralar ham hech inkor etmaydi.

Bilamizki,bugun 28-fevral qishning so'nggi kuni va ertadan yangi otgan tong bahorning iliq havosiyu, mayin shabbodasini eltib keladi. Bahor yangilanish va yosharish fasli bo'lishi bilan birga bayramlarga boy fasl hisoblanadi. Guruhdagi o'quvchilar bayram so'z tabrigini aytdilar va dil izhorlarini bildirdilar. Shuningdek, o'z nutqimizni bayon qilish mobaynida qanday xato va kamchiliklarni, ayni paytda yutuqlarimizni anglab oldik va  notiqlik sirlari bo'yicha ustozdan ko'plab foydali maslahatlar va saboq oldik.

     Z.Pardayeva "Iqtisodiyot" fakulteti 103"A" guruhi talabasi     

Universitet matbuot xizmati