TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2023

Sizni keldik yana so‘roqlab…

1-mart bahorning ilk kuni erta tongdan barchani yuzuda shukronalik, nim tabassum.  Bugun hassos shoira Zulfiya  tavallud topgan kun. Shu kun munosabati bilan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" - Milliy tadqiqot universiteti Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti  “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Pedagogika fanlari doktori (DSc) Nilufar Yuldasheva “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 103 - va 107-  (rusiy zabon) guruh  talaba-yoshlari bilan shoirani yod olishdi. Yoshlarga iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarining  o‘tkir bilimdoni haqida  juda  qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Talabalar Zulfiyaxonim she’riyatidan namunalar o‘qishdi. Mushoira qizg‘in o‘tdi.