TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2023

Politexnika muzeyiga tashrif

Toshkentda fan va texnika, transport vositalarining rivojlanish tarixi, buyuk olimlarning olamshumul ixtirolari haqida hikoya qiluvchi – O'rta Osiyoda yagona bo'lgan Politexnika muzeyi 2015-yili ish boshlagan edi. Ushbu muzeyga "TIQXMMI" MTU "QXM" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev Qishloq va suv xo’jaligada texnik servis ta’lim yonalishida tahsil oluvchi tashabbuskor talabalar bilan birga, Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi. Poytaxt markazida joylashgan muzey ekspozitsiyasi uchta: “Dunyo avtomobilsozligi tarixi”, “O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati tarixi”, “Interfaol mashg'ulot” qismlaridan iborat. “Dunyo avtomobilsozligi tarixi” deb nomlangan birinchi qismda dunyo avtomobilsozligining rivojlanish tarixidan hikoya qiluvchi dastlabki avtomobillar, jumladan, bugungi kunda antikvar avtomobilga aylangan “Wolksvagen Juk”, “Moskvich 400”, “GAZ-13”, “Chayka” hamda bug', elektr, ichki yonuv dvigаtelli avtomobillarning maketlari bilan boyitilgan muzeyda talabalar avtomobillarning yaratilish tarixi va asoschilari haqidagi ma'lumotlarni muzey xodimi keng tanishtirdi.

Eksponatlar orasida ilk g'ildirak va uning paydo bo'lish tarixi talabalarni e’tiborini tortmasdan qoldirmadi. Shu bilan birga Toshkentda qatnovi yo'lga qo'yilgan ilk tramvay, trolleybuslar harakatini o'zida aks ettirgan videoroliklar va maketlari, yurtimizning qishloq xo'jaligida foydalanilgan ish qurollaridan tortib, ilk traktorning qanday kutib olinganligini aks ettiruvchi eksponatlar talabalarga jiddiy taassurot qoldirdi.

"QXM" fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti

"Energetika" fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati