TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2023

Sarhisob natijasi - kelajakka bir qadam

Bugun rektorat Kengashida professor Zuhra Ismoilovaning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruza faktik ma’lumotlarga boyligi va tanqidiy hamda tahliliy ruhda  tayyorlangani bilan xarakterlandi.  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyun 326-sonli buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-son farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602-son qarori hamda 2020 yil 24 apreldagi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi konferensiyasining qaroriga ko‘ra Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, oliy ta’lim muassasalari, filiallar rahbarlari, akademik litsey direktorlari, xotin-qizlar masalalariga bevocita mas’ul bo‘lgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash tuzildi. Kengash raisiga (jamoatchilik asosida) Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rahbar (rektor, direktor) maslahatchisi maqomi berildi.

Universitet Xotin-qizlar kengashi o‘z faoliyatini “Xotin-qizlar kengashining yangi 2021 yil OO‘MTVning 13-dekabrdagi 518-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan “Nizomi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘alchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi oila va mahalla qo‘mitasi, Oila va mahalla ilmiy tadqiqot instituti, ”Oqila ayollar”harakati,tegishli vazirliklarning buyruq va qarorlari, yuqori tashkilotlar tomonidan chiqarilgan normativ hujjatlar bilan ish olib bormoqda va amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilib kelinmoqda. Universitetimizda faoliyatini olib borayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi yuqoridagi barcha tashkilotlar tomonidan kelib tushgan vazifalar, topshiriqlar va buyruqlar asosida har o‘quv yilida o‘z rejasini ishlab chiqadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlangan holda ish olib boradi.  Bu borada  yillik ish reja o‘ziga xos faoliyat ko‘rsatayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlar, magistrlar, doktorantlar va shu bilan birga talaba-qizlar borasida olib boriladigan ishlar masalasiga alohida urg‘u beriladi.

Universitetimizda faoliyat olib borayotgan ayollar statistikasiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.Bugungi kunda universitetimizda jami ayollar soni 425 nafarni tashkil etgan bo‘lsa shulardan 172 nafari professor-o‘qituvchilarni tashkil etadi. Ulardan asosiy shtatda  143 nafari  ayol professor-o‘qituvchilar va 16 nafari tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib boradi. Bulardan eng  jamoatchi, eng tajribaga ega, shu bilan birga ilmiy faoliyatda ham faol bo‘lgan 23 nafardan iborat  “Oqila ayollar”harakati jamoatchilik guruhi tashkil topgan. Bugungi kunda yana shuni ham aytish mumkinki  ilmiy darajalar olish borasida ham harakatlar ko‘zga tashlanadi. Ulardan, 60 nafar professorni 13 nafarini ayollar, 186 nafar dotsent faoliyat olib borayotgan bo‘lsa shundan 44 nafarini aellar tashkil etmoqda.  Ayol-professor o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunda ko‘plab ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, Intellektual mulk Agentligi tomonidan patentlar olinmoqda va ular ustida ishlari  dekanat,kafedra va ITI larining hisobotlarida qayd etilib ketilmoqda. Bu o‘quv yilida 1 ta doktorlik (DSc) va 6 nafar (PhD) himoyasini qilishdi, shu bilan birga 1 nafar professor va 4 nafar dotsentlik ilmiy unvonini olishdi. Bugungi kunda 35 nafar tayanch doktorantlar va 1 nafar doktoranturada 2 nafar stajer tadqiqotchilar  o‘zlarining ilmiy faoliyatlarini olib bormoqda.

Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tmoqchiman. Universitetimizda hozirgi kunda 1882 nafar qizlar taxsil olayotgan bo‘lib, shulardan 1051 nafari bakalavriaturada taxsil olmoqda. Ulardan 496 nafari TTJ da, 40 nafari ijarada yashaydi, 52 nafari ishlaydi, 8 nafari Ayollar daftarida, 1 nafari Temir daftarda ruyxatda turadi, yoshlar daftarida 2 nafari, nogironligi bor 18 nafari, boquvchisini yo‘qotganlar 39 nafari, turmushga chiqqani 127 nafarni, turmushga chiqmaganlar 924 nafarni, iqtidorli talaba qizlar 156 nafarni tashkil etadi. Iqtidorli talaba qizlardan 7 nafari magistraturada taxsil oladi. Hozirda universitetimizda xotin-qizlar bilan 6 ta yo‘nalishda ish olib borilmoqda. Ular: “Yosh olima ayollar” , “Qizlarjon”, “Zulfiyaxonim”, “Sport”, “Xor va QVZ” va “Oilaviy hayotga tayyorlash”klublari tashkil etilgan bo‘lib bu borada ishlar o‘z samarasini berib kelmoqda. Bu  yilgi hisobot jarayonida quyidagi natijalarga erishildi. Ular:

- “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning ma’naviy-huquqiy asoslari” ("The moral and legal foundations of protecting women from oppression and violence")mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi;

- Halqaro qizlar kuni munosabati bilan   “Uch avlod olima ayollar Halqaro  Forum tashkil etildi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2023 yildagi  4-sonli majlis bayonidagi 11 – fevral- “Ilm-fan sohasisidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi  majlis bayonida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi va “Oqila ayollar” jamoatchilik guruxi a’zolari tomonidan “Olima ayollar – kelajak avlod poydevorini yaratishga zamindir”mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Respublika “Oqila ayollar”harakati yetakchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti  direktor o‘rinbosari, p.f.d.,professor - Aynisa Musurmonova va falsafa fanlari doktori, professor, Ma’rifat targ‘ibotchilar guruhi va respublika “Oqila ayollar” harakati  a’zosi - Jamila Shermuxammedovalar qatnashdilar;

- Respublika miqiyosida o‘tkazilgan “Yil ayoli”nominatsiyasi bo‘yicha universitetimizdan 2 nafar Zulfiya Xafizova va Chulpan Ziyaevalar qatnashib sovrindor o‘rinlarni oldilar. Ya’ni: Zulfiya Xafizova “Yil ayoli” va Chulpan Ziyaeva “Yilning eng yaxshi IT-dasturchi ayoli” tanlovini g‘olibligini olishdi va sertifikat va diplomlarga ega bo‘lishdi;

- Xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar natijasida bu o‘quv yilida ayollar va talaba-qizlarni Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlari va qarorlari doirasidagi vazifalarni qamrab olgan holda metodik qo‘llanmalar ham chop etildi va keng ommaga yetkazildi. Ular “Oilaviy baxtning siri”(metodik qo‘llanma), “Gender va ayollar huquqiy madaniyati” (monografiya), “O‘smirlik yoshdagi  qizlarning  o‘z joniga qasd qilishga moyillikni oldini olishda-mediamadaniyat vositalaridan foydalanish texnologiyasi” (o‘quv qo‘llanma)lar chop etildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish” bo‘yicha Milliy dasturida  oilada ayolni o‘z o‘rnini  topa olishi uchun eng avvalo  kasb egasi bo‘lish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish, oliy ta’lim olishlari bilan bir vaqtda hunar egallashlariga ko‘maklashish va yuksak ma’naviy asoslarga ega zamonaviy oila modelini ishlab chiqishga qaratilgan vazifalar belgilangan edi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi taklifi va Universitet rektorining qo‘llab- quvvatlashlari bilan talaba qizlarimiz “SANAM SCHOOL” o‘quv Markazida “Uy hamshiraligi” va “Tikuvchilik”, ”Oshpazlik” kurslari bo‘yicha 80 nafar talaba-qizlar bilim olmoqdalar;

- Oldimizda “Halqaro xotin-qizlar”bayrami yaqinlashib kelmoqda. Bu bayram arafasida  universitetimiz  raxbariyati va xotin-qizlar maslaxat kengashi va jamoatchilik tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar rejalashtirilmoqda. Ular:  2023 yil 1-2 mart kuni “Yangi O‘zbekistonda olima ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida halqaro anjuman rejalashtirilgan bo‘lib, 200 ga yaqin maqolalar yig‘ildi, anjumanni  yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik;

- Ayollar faoliyati yoritilgan “Ayollar kitobi”ni chop etishga tayyorgarlik ;

- “Oilaviy hayotga tayyorlash”kursi tinglovchi talaba-qizlar tomonidan “Nazariya va amaliyot” mavzusida ko‘rgazmali “Seminar-trening rejalashtirilgan bo‘lib barchasiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Kelajakda xotin-qizlar bilan olib boriladigan ishlar bo‘yicha bugungi hisobotda bevosita keyingi yil amalga oshiriladigan  ishlar rejalashtirib olindi. Bu esa  yanada samarali natijalar berishini ta’minlaydi.

 

Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismailova axboroti

Universitet matbuot xizmati