TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

O'zlikni anglash o'tmishni bilishdan boshlanadi

Joriy yilning 16 fevral kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova GM fakulteti 113-guruh, YeRB fakulteti 114-guruh talabalari bilan "O'zlikni anglash san'ati" mavzusida seminar trening tashkil etdi. Tabdir yoshlarni ma'naviyatini, madaniyatini yuksaltirish; o'zligini anglash va teran fikrlash qobiliyatini shakllantirish; jamiyatga yetuk tafakkurli shaxs etib tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda insonni shaxs bo'lib shakllanishiga va o'zligini anglashiga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Seminar trening hayotiy voqealar, rivoyatlar, hadislar, ilmiy dalillar orqali olib borildi.

Yig'ilish bahs munozara shaklida davom etib, barcha talabalar mavzuga oid o'zlari o'qigan kitoblari, ko'rgan kinolari orqali fikr mulohazalarini bildirib o'tishdi. Treningda barcha talabalar faol qatnashishdi ayniqsa: Muhammadrizo, A'zam, Muzaffar, Baxtiyor va Muxtorlar bilimga chanqoq, maqsadlari sari intiluvchan yoshlardan ekanliklarini yaqqol namoyon eta olishdi. Tadbir so'ngida barcha talabalar o'z minnatddorchiliklarini bildirishib, keyingi dars “Stress, depressiyadan xalos bo'lish va dangasalikdan qutulish sirlari” mavzusida seminar trening tashkil etilishi taklifini bildirishgan holda yig'ilish yakuniga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati