TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

Deputatlarining talabalar turar joyiga tashrifi

2023-yilning 15-fevral sanasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Shodiyeva Zuhra Tursunovna, Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Mamadjanova Dilbarxon Raxmatovna, Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Kengashi xodimi Kamalov Baxodirxon Dadaxonovich “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga qarashli talabalar turar joylarida mavjud holatni yaqindan o`rganish maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Tashrif buyuruvchi mehmonlar Talabalar turar joyi rahbariyati va mas’ul prorektorlar tomonidan kutib olindi. Deputatlar 3-talabalar turar joyida mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirlidi. 3-talabalar turar joyidagi ma’naviyat-ma’rifat xonasi, kutubxona, kompyuter xonalar shuningdek, kir yuvish xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar turar joyida tashkil qilingan oziq-ovqat do`koni hamda sartaroshxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirilib sanitariya holati ko`zdan kechirildi.

Talabalarga TTJga joylashishda onlayn ariza berish elektron Platforma joriy etilganligi, mazkur platforma orqali talabalar turar joyidagi talabalar soni, mavjud bo`sh o`rinlarni aniqlash, TTJ uchun to`lovlarni nazorat qilishda yanada qulaylik yartilgani,  TTJ dagi muammo va kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf qilish maqsadida Universitet rektori, prorektorlar hamda TTJ direktorining Telegram botlari muntazam ishlab kelayotganligi bilan tanishtirlidi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Deputatlar tomonidan talabalar turar joyida imkoniyati cheklangan, nogiron talabalar uchun maxsus xonalar ajratilganligi, moddiy tomondan doimiy ravishda rag`batlantirib borilishi, bepul kechki ovqat tashkil qilinganligi, imkoniyati cheklangan talabalarga kundalik ishlarda yordam beradigan faollarga moddiy rag`batning yo`lga qo`yilganligi talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yuqori baholanib Rektor Mirzayev Baxodir Suyunovich boshchiligidagi universitet rahbariyatiga shuningdek, talabalar turar joyida faoliyat yuritayotgan xodimlarga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Shuning bilan bir qatorda, deputatlar tomonidan mavjud shart-sharoitlarga qo`shimcha ravishda talabalar turar joyidagi moddiy texnik bazani yanada boyitish, talabalar turar joyidagi muammo-kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan kelgusida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengash yig`ilishlarida muhokama qilish, sohaga oid qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish bo`yicha taklif va mulohazalar bildirildi. O`z-o`rnida talablar turar joyi rahbariyati tomonidan yuqorida bildirilgan fikrlar mamnyniyat bilan qabul qilindi. Shuningdek, kelgusida Deputatlar va Talabalar turar joyi o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha takliflar berildi.

TTJ direktori yordamchisi Q.Negmatov axboroti

TIQXMMI” MTU matbuot xizmati