TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2023

Ta'lim natijalarining kontseptual asosi

Mamlakatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlar, yangi texnika va ilg'or texnologiyalarni amaliyotga tezkorlik bilan joriy etilishiga uzviy bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida professional ta'limda malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining 37-maqsadida har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish belgilangan. Kasbga o'qitish ko'lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o'qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish, o'quvchilarini kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish kabi ustuvor vazifalar boshlang'ich professional ta'limning xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda ularning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalari mazmunini zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish zaruriyatini belgilab berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi, 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli "professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonlari va 2020-yil 31-dekabrdagi "malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4939-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 7 - avgustdagi VM - 466 - sonli "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan dissertasiya ishlaridan biri pedagogik innovasiyalar, professional ta'lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti tadqiqotchisi Xolmuxammedov Murodillo Maxmudovichning 13.00.05-kasb-xunar ta'limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan "ta'lim natijalari kontsepsiyasi asosida professional ta'lim mazmunini modernizasiya qilishning ilmiy metodik asoslari" mavzusidagi dissertasiya ishidir.

Dissertatsiya ishining ilmiy maslahatchisi p.f.D., akademik, Djuraev Risboy Xaydarovich. Ushbu dissertasiya ishi etakchi tashkilot sifatida "professional ta'lim" kafedrasining kengaytirilgan yig'ilishida muhokamadan o'tkazildi. Muhokamada kafedraning professor-o'qituvchilari va ilmiy ishlar va innovasiyalar bo'yicha prorektor, t.f.D, Sultonov T.Z., t.f.D., professor A.J.Isakov, t.f.n., dosent Qo'ziev u., x.f.n., dosent Xo'janov S.A., p.f.n., dosent Muqimov B.R., p.f.n., dosent Raxmonova M., p.f.D., dosent Baybaeva M.X., p.f.D. Yo'ldasheva N.A., t.f.D.,professor O'ljaeva Sh.M., p.f.n., dosent v.b. Beknazarova Z.lar va shu bilan birga universitetimiz tyutorlari ham qatnashdilar.

Rasmiy Taqrizchilar sifatida: p.f.D., professor v.b. – R.K.Choriev, t.f.D., professor Sh.M.O'ljaeva, p.f.D, dosent N.A.Yo'ldosheva belgilandi. Yetakchi tashkilot sifatida o'tkazilgan muxokama yuqori saviyada o'tkazildi va soha mutaxassislari tomonidan savollarga va takliflarga boy bo'ldi. Bu dissertasiya ishi professional ta'lim muassasalariga kadrlar tayyorlashda o'z ahamiyatini ko'rsata oladi va tadqiqot ishining amaliy natijasi sifatida Barsa ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish borasida o'quv qo'llanma va bir qancha metodik ta'minoti ishlab chiqish taklifi berildi. Muhokama so'ngida barcha takliflar inobatga olingan holda ximoyaga tavsiya qilinishi va Xolmuxammedov Murodillo Maxmudovichning 13.00.05-kasb-xunar ta'limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga loyiq degan bir ovozdan qaror qabul qilindi. Barcha hujjatlar ya'ni bayonnomalar va xulosalar rasmiylashtirilgan holda imzoga topshirildi.

Universitet matbuot xizmati