TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2023

Navoiyni anglash san'ati

Joriy yilning 9 fevral kuni “TIQXMMI” MTU  psixologi M.K.Muhammedova va GTQ fakulteti tyutori X.R.Saidovalar hamkorligida GTQ fakulteti 103-109-guruh talabalari bilan “Navoiyni qachon anglaymiz?” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tadbir talabalarning o'quv motivlari, shaxsiy  yo'nalganligi, qadriyatlar tizimini o'rganish; tarbiyaviy ta'sir o'tkazish va ularning savodxonlik darajasini yuksaltirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar olib borish maqsadida tashkil etildi. Seminar trening so'z mulkining Sultoni hazrat Navoiyning g'azallaridan misollar keltirilib, ularni sharhlash bilan boshlandi.

Tadbirda talabalar Navoiy g'azallarini o'zbek va rus tillarida yoddan aytib berishdi. Tadbir davomida ilm olish, o'qib o'rganishning inson hayotidagi roli va kitob o'qigan insonning savodxonlik darajasi haqida qizg'in suhbat va bahslar uyushtirildi va “Savodxonlik darajasini aniqlash” mavzusida so'rovnoma olib, javoblari muhokama qilindi. Faol talabalar Navoiy asarlari asosida chizishgan rasmlar baholandi va o'rinlar berildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashib o'z fikr va mulohazalarini bildirishgan holda, ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati