TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2023

Teatr-ibrat maktabi

         2023 yil 6-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” va “Energetika” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari J.Turdiyev, I.Buxorov hamda fakultetlarning tyutorlari (tarbiyachi-pedagoglari) G.Shodiyeva, M.Vafoyeva, I.Axmedova, R.To‘xtayev, Z.Nuraliyeva, D.Xudoynazarova, B.Abdullayev, shuningdek, 1-Talabalar turar joyi tarbiyachisi M.Asrorova, 3-Talabalar turar joyi tarbiyachisi N.Turaqulovalar hamrohligida universitetimizning 150 nafardan ortiq talabalarini darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida birgalikda Muqumiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatriga afsonaviy dostonga sahnalashtirilgan   “Tohir va Zuhra” spektakli tomoshasiga borishdi. Ikki yoshning fojeali muhabbati, yaxshilik va yomonlik, hasad va havasning hamisha yonma-yon yurishi singari hayotiy voqeliklar, shuningdek, “Tohir va Zuhra” spektaklining asosiy mavzusi adolat va sevgi-muhabbatdir.

         Bu sevgi o‘zida samimiyat, vafo va sadoqat, mardlik va jasorat, ezgulik va adolat kabi olijanob fazilatlarni mujassamlashtirgan, kurashlarda chiniqqan armonli sevgidir. Tohir ham, Zuhra ham sevgi yo'lidagi kurashda ortga chekinmay,  hatto o‘lim tahlikasi chog'ida ham sevgi yo'lida sobit qolgani aks etadi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylangan afsona, doston tarixi barcha tomoshabinlarga birdek manzur bo'ldi. Teatr aktyorlari tomonidan ijro etilgan spektakl undagi obrazlarning mahorat bilan ijro etilishi yoshlarda va tomoshaga kelganlarda katta taassurot va qiziqish uyg‘otdi. Teatrning yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ruhiy barkamolligiga ijobiy ta’siri va ahamiyati nihoyatda katta shu sababli, universitetimiz talabalarini doimiy teatrga havasi va qiziqishlarini oshirish maqsadida teatr tomoshalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida tashriflar universitetimiz rahbariyati tomonidan yo‘lga qo‘yib borilmoqda.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati