TIQXMMI yangiliklari

img
31.01.2023

Xotirlash burchi

           Joriy yilning 30 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU GTQ fakulteti tyutorlari D.Xursandova va X.Saidovalar GTQ fakulteti bir guruh talaba yoshlari bilan O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti  Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirlash maqsadida I.A.Karimov xotira maydoniga tashrif buyurishdi. Islom Karimov mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi edi. U mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklagan. Og'ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda yurtimizni jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirgan. Prezidentimiz o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan. Nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan. I.A.Karimov xotira maydoniga tashrif buyurishgan talaba yoshlar  hurmatli prezidentimizni Vatanimiz uchun ko'rsatgan jonbozliklarini xotirlab yodga olishdi.

GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati