TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2023

Kamtarga kamol

         Joriy yilning 25 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova 4-TTJ GM, GTQ talaba qizlari bilan “Kamtarlik ulug' fazilat” mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbir TTJda yashayotgan talaba-qizlarga alohida e'tibor qaratish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash va ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan mehr-oqibat, hurmat hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda yig'ilish ishtirokchilariga kamtarlik ulug' fazilat ekani, kamtar kishi har doim izzat-hurmatda bo'lishi, mutakabbir kishi kekkayishi va manmanligi bilan xorlikka erishishi haqida fikr yuritildi. Tadbir bahs munozaralarga boy tarzda kechdi. Tadbirda GM fakulteti tyutori D.Axrarova, GTQ fakulteti tyutori X.R.Saidova va 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.K.Muxrumboyevalar ham faol ishtirok etishib, mavzuga oid o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tishdi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va tadbir davomida olgan taassurotlari haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati