TIQXMMI yangiliklari

img
26.12.2022

«Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat degan edilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqidaBilamizki, Eng yaxshi tarbiya vositasi kitobdir! Universitetimizning  “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tashabbusi bilan talabalar orasida «Yosh kitobxon» tanlovi tashkil etildi. Tanlov ikki bosqichda o’tkazildi. Dastlabki bosqichida jami 31 nafar yosh kitobxonlar ishtirok etdilar, ular saralanib ikkinchi bosqichga 12 nafar talabalar qatnashdilar. Hakamlar hay’ati talabalarning kitobga bo‘lgan mehrini, mutolaadan olgan xulosalarini xolisona baholab g‘oliblarni aniqlab berdilar. Uchta shart bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etgan talabalar orasidan 3 nafari Jumabaeva Dinara (1-o‘rin), Inog‘omova Maftuna (2-o‘rin), Yuldashev Navruzbek (3-o‘rin) lar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

 Tanlov g‘oliblari kafedra xodimlari va homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlandilar hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari joy olgan kitoblar jamlanmasi, 100 dan ziyod ilmiy adabiyotlar mavjud bo‘lgan “Gidravlika kafedrasi kutubxonasi”dan foydalanish imkonini qo’lga kiritishdi. Muhimi, bugungi yoshlar kitobning inson ma’naviy dunyosini va aqliy salohiyatini shakllantirishdagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunayotganliklaridadir. Tadbir shu jihati bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Universitet matbuot xizmati