TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2022

“Karyera kuni” – mehnat yarmarkasi

        Joriy yilning 20 dekabr kuni universitetda bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” – mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Karyera kunida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi kadrlar bolimi boshlig‘i X.Lapasov, vazirlik qoshidagi Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i X.Xamidov, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i E. Fayzullayev, Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i M.Turdiyevlar va barcha havza boshqarma boshliqlari ishtirok etdi hamda bugungi kundagi dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

      Bu kabi tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalari ko‘plab talabalarning nafaqat bandligini ta’minlash, balki davlat tashkilotlari hamda yurtimizdagi yetakchi boshqarmalarda tajriba orttirib, yuqori malakali, raqobatbardosh kadr sifatida munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlariga imkon yaratishi qayd etildi.          

        Bitiruvchi kurs talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan havza boshqarma boshliqlariga murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi. Bir qancha talabalar o‘z yo‘nalishlariga mos havza boshqarmalariga ishga joylashish borasida ham savollar bilan yuzlandi va suhbatdan o‘tishdiMa’lumot o‘rnida, yarmarkada boshqarmalardan kelgan mas’ullar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdi va bitiruvchi yoshlarni ishga taklif  qilishdi.