TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2022

Teatr tarbiya-maskani

2022 - yilning 13-dekabr kuni “TIQXMMI” MTU “SXTE va B”, “GTQ” hamda “QSXET” fakultetlarining 270 nafardan ortiq talabalarini Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida madaniyat va teatr sohasiga qiziqishlarini orttirish maqsadida Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag‘ishlangan, dramaturg Uchqun O‘sarov qalamiga mansub, yosh va iqtidorli rejissyor Rasuljon Tog‘ayqulov tomonidan sahnalashtirilgan "Yillar armoni" spektakl tomoshasiga tashrif buyurdi. Spektakl talabalarda katta qiziqish va hissiyotlar bag‘ishladi! Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

"SXTE va B" fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati