TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2022

Notiqlik - insonning ichki ko'zgusi

Joriy yilning 13-dekabr seshanba kuni har galgi kabi soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti boshlandi. Bizga belgilangan Turonbank xonasi bu gal yana band bo‘lganligi sababli  d ars jarayonlari "B" binoning "Agrobank" xonasida boʻlib oʻtdi. Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Til – bu qurol. Til nutq uchun moddiy materialdir. Lekin, shu bilan bir qatorda  ular bir–biridan farq ham qiladi. Bugungi darsda talabalarda nutq qay tarzda rivojlangan, qay darajada boy ekanligi imtihondan oʻtkazildi.

Bu imtihonda har bir talaba yorqin ishtirok etdi. Darsda bir guruh talabalar  kirib kelayotgan yangi 2023-yil tabrigi bilan,boshqa talabalar esa oʻzlariga yaqin shaxslarni tabriklab, dil izhorlarini bayon etishdi. Har bir talabaning gapirish jarayonlari video yozuvga olindi hamda keng monitorda qoʻyildi. Bunda har bir talaba oʻz kamchiligini topib, toʻldirildi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov talabalarni kuzatdilar hamda ularning xato va kamchiligini toʻgʻirlab maslahatlar berib oʻtdilar. Ustoz xayrihohligida keyingi darsda Prezident akademiyasiga tashrif buyurish reja qilib olindi. Bu xushxabarni eshitgan talabalar juda xursand boʻlishdi.

QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axborori

Universitet matbuot xizmati