TIQXMMI yangiliklari

img
12.12.2022

Oila - tarbiya o‘chog‘i

     Oila har bir jamiyatning boshlangʼich boʼgʼini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Bugungi M.Ulug'bek tumani "Kamolot" va "Firuza" mahallasida o‘tkazilgan tadbirda ham aynan oila to‘g‘risida so‘z yuritildi. Unda Universitetimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti "Yerdan foydalanish" kafedrasining katta o'qituvchisi Z.Xafizova o'z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. U yig'ilganlarga baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga kelishini uqtirdi. Oila toʼgʼrisida gapirilganda koʼz oʼngimizda avlod-ajdodlarimiz namoyon boʼladi. Inson ana shu tarbiya o‘chog‘ida tugʼiladi, voyaga yetadi. Oʼz hayoti davomida inson har doim oilaga, vatanga, doʼst-birodarlariga sodiq boʼlib yashashi kerak.

     Аsrlar davomida oʼz eʼtirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga koʼtarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi. Yaʼni vatanparvarlik, mehr-oqibat, odob-axloq va halollik kabi insonning hayoti mazmunini belgilab beruvchi barcha omillar oilada shakllanadi. Har bir yosh bolaning yetuk inson boʼlib shakllanishida oilaninnig roli juda ham beqiyosdir. Har bir ota-ona oʼz farzandini voyaga yetib, vataniga munosib farzand boʼlib, hayotda oʼz oʼrniga ega boʼlishini xohlaydi. Voyaga yetib, oila qurayotgan har bir yosh oila qurishi uchun har taraflama aqliy va jismoniy jihatdan tayyor boʼlmogʼi kerakligi to‘g'risida maʼlumotlar berib o'tildi.

Universitet matbuot xizmati