Joʻrayev Doniyor Paxriddin oʻgʻlining falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengashning 05.09.06 - "Gidrotexnika va meliorasiya qurilish" va 01.02.04 - "Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi" ixtisosliklari bo’yicha tashkil etilgan bir martalik Ilmiy seminarining yig‘ilishi 2022-yil 4-noyabr kuni soat 14:00 da B o`quv binosining 304-xonasida bo'lib o'tadi.
KUN TARTIBI:
1. Yig'ilishda Joʻrayev Doniyor Paxridin oʻgʻlining 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” va 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosliklari bo‘yicha “Gruntli toʻgʻonlarning fazoviy kuchlanganlik holatlari va dinamik tavsiflarini baholash” mavzusida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi.