TIQXMMI yangiliklari

img
10.07.2024

Xitoy hamkorlik haftasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv

Xitoy Shinjon pedagogik universiteti prorektori Chen Tun boshchiligidagi delegatsiya «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida bo‘ldi. Uchrashuv avvalida, universitet rektori ushbu hafta Xitoy davlati tashkilotlari bilan samarali hamkorlik haftasi bo‘layotganini ta’kidlab, uchrashuvni boshladilar. Ikki oliy ta’lim muassasa rahbariyati universitetlar haqida ma’lumot berib, o‘quv jarayoni, olib borilayotgan loyihalar, olimlarning tadqiqot ishlari va ta’lim dasturlari borasida fikr almashdilar. Uchrashuv davomida, O‘zbekiston - Xitoy ta’lim hamkorligi yuqori suratlarda o‘sib borayotgani ta’kidlab o‘tildi. Munosabatlarni kuchaytirish maqsadida, ikki oliy ta’lim muassasa o‘qituvchi-professorlari o‘rtasida 3-6 oylik stajirovkalar tashkil etish, keyingi uchrashuvlarda o‘qituvchilarni yuzma-yuz uchrashtirib bilim almashish va qo‘shma loyihalar tashkil etib uni birgalikda amalga oshirish rejalari haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Shinjon pedagogik universitetida "Yurisprudensiya" ta’lim dasturi rivojanlganligi bois, sentyabr oyida ikki bakalavr ta’limida tahsil oluvchi talabani 1 semestr mobaynida Xitoy davlatida o‘qitish rejasi taklifini berdi. Navbatdagi uchrashuvlarga hamkorlik memorandumi shakllantirib, rasmiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi. "Suhbat davomida shuni angladimki, Sizning universitetingiz O‘zbekistondagi yetakchi universitetlar qatorida joy egallashi bejiz emas ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Sizlar bilan davomiy bo‘lgan hamkorlik rishtalarini o‘rnatib, ularni rivojlantirib, ikki mamlakat rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishishimizga ishonaman" - deya fikr bildirdi Xitoy Shinjon pedagogik universiteti prorektori Chen Tun