TIQXMMI yangiliklari

img
09.07.2024

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou universiteti Kommunistik partiyasining bosh sekretari Ma Xiaojiye boshchiligidagi delegatsiya «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning Aprel oyida universitetimizda tashkil etilgan "Iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish" laboratoriyasini monitoring qilish, havo sifatini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ikki universitetning hamkorlik darajasini yangi bosqichga olib chiqish, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, magistratura talabalari va yosh olimlarning almashinuvini tashkil  etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu sohada yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha mukammal yo‘l xaritasi tuzish belgilab olindi.

Uchrashuv so‘ngida Ma Xiaojiye bizning universitet bilan hamkorlik o‘rnatgani va ikki mamlakat rivoji uchun hissa qo‘sha oladigan olimlarni birgalikda yetishtirib chiqarish yo‘lida amalga oshiralayotgan ishlar tez fursatda o‘z natijasini ko‘rsatayotganidan mamnun bo‘lib, universitet rahbariyatiga Lanzhou universiteti nomidan minnatdorchilik bildirdi.